AKT va «Xavfsiz shahar» bo‘yicha seminar o‘tkazildi
26.04.2018
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

Joriy yilning 23-aprel kuni Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi hamda «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi xodimlari ishtirokida «O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etilishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar» mavzusida seminar o‘tkazildi.

Tadbirda Inspeksiya xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasida AKTni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, tizimdagi yangiliklar, kutilayotgan natijalar xususida ma’ruzalar qilindi.

Shuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my2.gov.uz hamda «Xavfsiz shahar» dasturining imkoniyatlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatida axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan seminarda Kompaniya mutaxassislari tomonidan berilgan savollarga Inspeksiya xodimlari javob qaytarishdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq