USENET 2018 da spikerlarning chiqishlari bo‘yicha dastur e’lon qilindi
24.04.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

USENET 2018 хаlqаro digital konferensiyasining rasmiy saytida spikerlarning chiqishlari bo‘yicha dastur (http://usenet.uz/programma/) e’lon qilindi.

Konferensiyaning ochilish marosimi 27-aprel kuni soat 09:30da boshlanadi. An’anaga muvofiq, tadbir International Hotel Tashkent mehmonxonasining ikkita zalida bir kun davomida o‘tkaziladi.

Joriy yilda USENET doirasida O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘istonning 30dan ortiq kompaniyalarining vakillari ishtirok etadilar. So‘nggi vaqtlarda eng ko‘p muhokama qilingan blokcheyn va kontent, internet-marketing kabi mavzular anjuman diqqat markazida bo‘ladi.

Ledokol Group (http://ledokolgroup.com) media-agentligi tadbir tashkilotchilari sanaladi. Konferensiya Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida tashkil etilmoqda.

Beeline Uzbekistan – konferensiyaning bosh hamkori hisoblanadi.

Samsung, Click mobil banking tizimi, “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i anjumanning homiylaridir.
Bosh axborot hamkori – Repost.uz. Anjumanning SMM-hamkori Africa agentligi.

Konferensiyaga taklifnoma bilan kirish mutlaqo bepul. Buning uchun konferensiya rasmiy saytida ariza qoldirsangiz bas (http://usenet.uz).

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq