Iste’molchi talabi qondirildi –huquqi himoyalandi!
24.04.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Joriy yilning mart oyida Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining «ishonch telefoni» ga qong‘ iroq qilib «Beeline» mobil aloqa operatorining 4G tarmog‘i uchun ajratilgan chiroyli raqamini ishlatishini va unga 4G tarmog‘i ichida ishlatishga Internet paketi berilishi, lekin, yashash joyida 4G tarmog‘i mavjud bo‘lmaganidan bonus sifatida berilgan Internet paketidan foydalana olmayotganidan norozi bo‘lib ushbu masalada yordan so‘raydi.

Murojaat Inspektsiyaning Xorazm viloyati hududiy bo‘linmasi xodimlari tomonidan o‘rganilib, vakolatli tashkilot xodimlari bilan murojaatchi ishtirokida o‘lchov ishlarini olib bordi.

O‘lchov natijalari tahlili bo‘yicha mobil aloqa operatoriga tegishli ko‘rsatma taqdim etilib, bajarilishi nazoratga olindi.

Mobil aloqa operatori abonentlarga qulaylik yaratish maqsadida 2018 yilning 23 martidan ba‘zi tariflarida bonus sifatida 4G tarmog‘i uchun Internet paketi berishini o‘zgartirdi va endilikda bonus sifatida berilgan Internet paketidan barcha 2G, 3G va 4G tarmoqlarida foydalanish ko‘zda tutilganligini bildirgan

Endilikda ba‘zi tariflarda bonus sifatida berilayotgan tegishli Internet paketidan ta’rif foydalanuvchilari 2G, 3G va 4G tarmoqlari orqali foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq