Huawei butunlay bir-biriga bog‘liq intellektual dunyo uchun zamin yaratib, global sanoat istiqbollari 2025 ni taqdim etadi
24.04.2018
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

17-aprel kuni Huawei o‘zining XV Global Analyst Summitni ochdi. Unda kompaniya kelajakdagi intellektual dunyo haqidagi tasavvurlarini, shuningdek, trillionlab dollar keltira oladigan imkoniyatlarni taqdim etdi. Sammitda 500 dan ortiq tahlilchilar, nufuzli rahbarlar va ommaviy axborot vositalari vakillari, jumladan, telekommunikatsiya, Internet va moliya sohasi vakillari ham yig‘ilishdi.

Huawei ertalabki sessiya davomida: «Chegarasiz intellektual dunyoni yaratish uchun har bir xonadon va insonga raqamli xizmatlarni ulashish» bo‘yicha o‘z takliflarini taqdim etdi.

Kompaniya rahbariyati Huaweining strategiyasi va mavjud tashabuslarini namoyish etib, o‘zining intellektual dunyodagi o‘rnini belgiladi. Intellektual dunyo nimaga olib kelishi mumkin degan fikrlarga javoban Huawei sun’iy idrok sohasidagi 5G, bulut xizmatlari, Internet buyumlari sohasida tajriba, yechim va va texnologik yangiliklarni ta’riflaydigan Global Industry Vision 2025 (GIV) hisobotini chiqardi.

Sammitni Huawei direktorlar kengashi raisi Erik Syuy ochib, Huaweining yangi qarashlari haqida so‘z yuritdi. U har bir inson, xonadon va tashkilot uchun raqamli texnologiya hamda sun’iy idrok texnologiyalarining afzalliklari, shuningdek, sohada mavjud muammolar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

«Mukammallik bilan belgilanadigan davrda Huawei buyuk kompaniya bo‘lishga intiladi. Biz insoniyatga keyingi qadamni ilgari surishga yordam berishni istaymiz», dedi u. «Raqamli ma’lumotlarni har bir inson, xonadon va tashkilotga to‘liq mos keladigan, intellektual dunyoga yetkazish bizning yangi qarashlarimiz va missiyamizdir».

O‘zining yangi qarashlariga asoslanib, Huawei AKT va aqlli qurilmalarning infratuzilmasiga e’tibor qaratgan holda, intellektual dunyoga yo‘l ochadi. Kompaniya o‘z mahsulotining raqobatbardoshligini oshirish orqali mukammal foydalanuvchi interfeysini ta’minlashga intiladi.

So‘ng, Huawei ning direktorlar kengashi a’zosi va stratetik marketing bo‘yicha direktori Uilyam Syuy so‘zga chiqib, 2025 yilgacha Huawei ning global sanoati qanday tasavvur qilishi bilan anishdi. GIV – global tendensiyalarni tushunish va AKT sohasining sanoat konsepsiyasini ishlab chiqishni taklif qilgan yangi hisobotdir. 2025 yilga borib dunyo bo‘ylab ulanishlar soni 100 milliardni tashkil etadi, videoga trafik haqidagi umumiy ma’lumot hajmining 89 % to‘g‘ri keladi, global kompaniyalarning 86% esa raqamli iqtisodni 23 trillion AQSH dollariga oshirib, AI ni tadbiq etishadi.

Huawei kompaniyasining kuchli tomonlari va sanoat tendensiyalari haqidagi tushunchani hisobga olgan holda, GIV 2025 o‘zining o‘ziga xos tadqiqot metodologiyasini aks ettiradi. GIV axborot va trend tahlillarini AKT sohasidagi global tendensiyalarni rivojlantirish uchun foydalanadi va AKTni rivojlantirish rejasini belgilaydi.

GIV 2025da ishlatilgan ma’lumotlar 170 dan ortiq mamlakat va hududlarni qamrab oladi. Ushbu hisobotda uch o‘lchov va 37 ta ko‘rsatkichlar, shu jumladan ma’lumotlar miqdori, sun’iy aqldan foydalanuvchi korxonalar foizi hamda shaxsiy aqlli qurilmalarning soni ko‘rib chiqilgan.

«Huawei birinchi marta GIV hisobotini taqdim etdi. Kelajak ma’lumotlariga va prognozlariga asosan biz axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) asosida intellektual dunyo sanoatining konsepsiyasini ishlab chiqishga intilamiz. Bizning maqsadimiz — AKT ekosistemasining haqiqatan intellektual dunyoga aylanishiga va global hamkorlarimiz bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan intellektual dunyoni yaratishga imkon beradigan bazani yaratishdir».- deydi Uilyam Syuy.

GIV 2025 kelajakni uch yo‘nalishda ko‘radi:

1 yo‘nalish: Hamma narsani sezish mumkin, aloqalar ko‘paymoqda, har bir narsa aqlli dunyoga kirmoqda.

GIV 2025 ga ko‘ra, aqlli dunyo hamma narsa sezilarli va o‘zaro bog‘liq bo‘lganda albatta keladi. 2025 yilga borib, butun dunyo bo‘ylab 40 milliard personal smartfon va 100 milliard aloqa o‘rnatiladi. Intrenet sanoati o‘sha 100 milliardlik aloqalarning asosiy manbaiga aylanadi.

Ulanishning o‘sishi va takomillashtirilishi bilan ma’lumotlar uzatish hajmi kattalashib boradi va ularning aksariyati videodan ishlab chiqariladi. Cloud VR ning 2025 yilgacha bo‘lgan bozor ulushi 292 milliard AQSH dollariga yetadi.

GIV 2025 kelajkada aqlli qurilmalar va robotlarning o‘rni instrumentdan assistenga o‘zgarishini tasvirlaydi. 2025 yilga kelib aqlli yordamchilarni joriy etish darajasi 90% ni tashkil etadi. Boshqariladigan robotlar yordamida 39 million ko‘zi ojiz va va 246 million ko‘rish qobiliyati buzilgan insonlar normal hayot kechira oladi.

2 yo‘nalish: Intellektuallik: Yangi biznes turlarini shakllantirish va sanoat tarmoqlarining progressiv rivojlanishi

GIV 2025ga ko‘ra, AI bazasi + Intellektual platforma, intellektual taxlil hamda yechimlar qabul qilish orqali yuqori tezlikdagi aloqalar, IoT va bulutli texnologiyalar yordamida sohadagi progressiv rivojlanishga erishish mumkin.

2025 yilga kelib aqlli texnologiyalar transport sohasida keng qo‘llaniladi: 60 milliondan ortiq avtomobillar 5G tarmog‘iga ulanadi va avtomobillarning 100% Internet bilan ta’minlanadi. Ishlab chiqarishda aqlli texnologiyalar ishlatilganda AKTning operatsion texnologiyalar bilan rivojlanishi tezlashadi. Bu innovatsiya, sanoat, ta’minot zanjiri va umuman ekosistemada ijobiy natijalarga olib keladi. Shaharlarda aqlli texnologiyalarni joriy etish orqali quruvchilar xavfsizlikni ta’minlashda, transportirovka va boshqa sohalarni rejalashtirishda qulayliklarga, hamda shahar aholisining turmush darajasini oshirishda barqaror rivojlanishning yangi yo‘llarini yaratishi mumkin.

3 yo‘nalish: Ommaviy inoovaitsiyalar: raqamli iqtisodiyotning imkoniyatlaridan foydalanio‘o‘ 23 trln. AQSH dollariga baholandi.

Huaweining prognozlariga ko‘ra, raqamli iqtisodiyot 23 trillion AQSH dollarini tashkil etadi. + Intellektuallik darajasi ishlab chiqarish, xizmatlar, transport va boshqa ko‘plab sohalarda ochiq bo‘ladi.

Intellektual dunyoda har qanday narsada yangiliklarning natijalarini ko‘rishingiz mumkin. Intellektual dunyo sanoatni o‘zgartiradi va yangi intellektual sohalarni yaratadi. Bu esa, sanoatning real o‘sish tendensiyalariga olib kelib, rivojlanishga erishish imkonini beradi va innovatsiyalarga kuchli turtki beradi.

Huawei kompaniyasining ijrochi direktori, mahsulot va echimlar ishlab chiqarish bo‘yicha prezidenti Devid Van, innovatsiyalar haqida shunday deydi: «Innovatsion — bu intellektual dunyo uchun kalit. Huawei mahsuloti va echimlari strategiyasi uchta konsepsiyaga asoslangan. All Connected, All Cloud i All Intelligent. Shu asosda biz AI, 5G, bulut xizmatlar va IoT kabi turli sohalarda biznes va texnologiya yangiliklarini qo‘llab-quvvatlashni davom ettiramiz. Sanoat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni rag‘batlantirish uchun ishlab chiqarish va texnologiya zanjiri bo‘ylab mijozlar va sheriklar bilan ishlashda yanada ochiq texnologiya arxitekturasini quramiz va shaffof biznes modelini joriy qilamiz. Birgalikda biz to‘liq, o‘zaro bog‘liq, intellektual dunyoni yaratishga intilamiz».

GIV 2025 haqidagi barcha ma’lumotlar bilan tanish uchun www.huawei.com/minisite/giv/en manziliga tashrif buyurishingiz mumkin.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq