AKT vazirligi va Turkmaniston aloqa vazirligi o‘rtasida bitim imzolandi
24.04.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Turkmaniston aloqa vazirligi o‘rtasida ikki mamlakat radioxizmatlari foydalanadigan 29,7 – 960 MGs radiochastota polosasidagi o‘zlashtirilgan radiochastotalarni o‘zaro muvofiqlashtirishning texnik asoslari bo‘yicha bitim imzolandi. Hujjat Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashi qarori asosida ikki mamlakat hukumati o‘rtasidagi shu nomdagi amaldagi bitim doirasida tayyorlandi.

Imzolangan idoralararo bitim O‘zbekiston va Turkmaniston chegara hududlarida radiochastotalar va radioelektron vositalar (radio)ning elektromagnit moslashuvini, ya’ni xalaqitsiz ishlashini ta’minlash uchun texnik shart-sharoitlarni belgilaydi.

Qayd etish kerakki, ko‘chma, turg‘un va radiouzatish xizmatlari radiostansiyalari o‘zlashtirgan radiochastotalarni muvofiqlashtirish ikki davlat aloqa ma’muriyatlari tomonidan tasdiqlangan texnik parametrlar va shartlar asosida amalga oshirildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq