«Mening fikrim» veb-portali ishga tushmoqda
23.04.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tomonidan «Mening fikrim» veb-portalining taqdimotiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Yig‘ilishda qayd etilganidek, «Mening fikrim» veb-portali mamlakatimizda fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish, davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatining ochiqligi, qabul qilinayotgan qonunlarning hayotiy va samarali bo‘lishini ta’minlash borasida ko‘plab imkoniyatlar yaratadi. Shuningdek, ushbu veb-portal parlament va xalq o‘rtasida o‘zaro muloqot qilishning samarali vositasi ekanligi, ushbu veb-portalning imkoniyatlaridan keng ravishda foydalanish kelgusida qonunlarning ijtimoiy munosabatlarga moslashuvchanligini ta’minlash, ularning sifat jihatidan takomillashuviga xizmat qiladi.

Matbuot anjumanida «Mening fikrim» veb-portali konsepsiyasi joriy yil 15-fevralda keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilganligi, unda nafaqat Oliy Majlis deputatlari, balki, elektron jamoaviy murojaatlarni tuman miqyosida ko‘rib chiqishga vakolatli Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlari ham ishtirok etganligi veb-portalning yanada puxta va tushunarli bo‘lishida muhim omil bo‘lganligi alohida ta’kidlandi. Tadbirda ishtirokchilar tomonidan veb-portalning loyihasi germaniyalik ekspertlar tomonidan xalqaro ekspertizadan o‘tkazilganligi, bu esa uning xalqaro standartlarga mos ravishda tashkil etilishiga imkoniyat yaratganligini alohida e’tirof etildi.

Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari muntazam ravishda portalning faoliyati va murojaatlarning holati haqida xabardor qilib borilishi bildirildi.

Matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar oldilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq