Yaponiya qirg‘oqlari yaqinida noyob tuproq metalllarining) birikmasi topildi
21.04.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Bugungi kunda dunyodagi noyob metallar juda faol qo‘llanilmoqda.

Ular radioelektronika, avtomobilsozlik sanoati, kimyo sanoati, atom sanoati va shu kabi sohalarida keng foydalaniladi. Biroq nomlaridan ko‘rinib turganidek, bu metallar tabiatda juda kam uchraydi.

Bu ma’noda olimlarning navbatdagi topilmalari juda qiziqarli bo‘ladi. Manbalar xabar berishicha, Yaponiya qirg‘oqlari yaqinida Tinch okeanida katta nodir qazilma metall zaxirasi topilgan. Agar aniqroq qilib aytsak, 2500 km2 maydonda taxminiy hisoblarga ko‘ra 16 mln. tonna nodir metallar oksidi mavjud. Bu 780 yil yttrium ishlab chiqarish, 620 yil yevropium ishlab chiqarish, 420 yil terbium ishlab chiqarish va 730 yil dispprosium ishlab chiqarishga to‘g‘ri keladi. Albatta, bu qazilmaning hozirgi sur’atlaridir. Shunday bo‘lsada, zaxira juda katta. Mazkur sohaning rivojlanishi noyob tuproq metallining narxini sezilarli darajada pasaytiradi, bu ko‘plab mahsulotlarga ta’sir qiladi. Biroq hali ancha ishlarni amalga oshirish kerak. Manbalarning ma’lum qilishicha, faqat bitta texnik-iqtisodiy asos besh yil davom etadi.
Manba: www.cnbc.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq