Shvetsiyada jahonda birinchi elektrlashtirilgan yo‘l ochildi
21.04.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Shvetsiyada (elektromobil) elektr transport vositalari uchun birinchi elektrlashtirilgan yo‘l ochildi.

Ba’zi bir boshqa o‘zgarishlardan farqli ravishda, u harakatlanadigan mashinalarni simsiz zaryadlash uchun mo‘ljallangan emas. Biroq bu faqatgina modernizatsiyalangan, zamonaviylashtirilgan avtomobillarga mos keladi.

U metropoliten kabi tamoyil asosida ishlaydi. Agar aniqroq qilib aytilsa, Scalextricning o‘yinchoq avtotransportidagi tamoyildan foydalaniladi. Oddiy qilib aytganda, asfalt ustida temir yo‘l quriladi va u bilan birga, temir yo‘l simlari yotqiziladi. Aynan u mashinani quvvat bilan ta’minlaydi. Albatta, avtomobilni energiya bilan ta’minlash uchun maxsus tok oqimini qabul qiluvchi moslama talab etiladi. O‘z navbatida, uning mavjudligi mashinani modernizatsiya qilishni talab qiladi, chunki zavodda hech bir seriyali mashinalar bunday jihozlanmagan. Umuman olganda, hozircha bu faqat taxminan 2 kilometrlik sinov uchastkasi, biroq Shvetsiya hukumati bunday yo‘llarni kelajakda kengaytirish uchun xarita ishlab chiqdi. Manbaning ma’lum qilishicha, bunday liniya qurilishi tramvay yo‘llaridan 50 barobar arzonroqdir. Shuni ta’kidlash joizki, sinov uchastkasi ko‘rinmas ravishda, 50 metrgacha bo‘linadi. Buning uchun kuchlanish faqat avtomobilning muayyan bir vaqtning o‘zida ulangan qismi uchun qo‘llaniladi. Yana shuni ham aytish kerakki, chiziq «sho‘r suv» bilan suv bosganda, yuzadagi kuchlanish faqat 1 V ga teng bo‘ladi.

Manba: www.theguardian.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq