Microsoft Zanzibar loyihasi haqiqiy va virtual olam chegaralarini yo‘qotadi
21.04.2018
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Microsoft kompaniyasi «Project Zanzibar» kodli nomdagi qiziqarli va istiqbolli loyihani ma’lum qildi. Agar qisqacha aytilsa, o‘yin davrida jismoniy obyektlarda «haqiqiy va virtual olam chegaralarini yo‘qotish imkoni mavjud». Loyihani qo‘shimcha reallikning bir turi deb atash mumkin, biroq bu holatda asosiy voqelik virtual olamga olib kirilgan real obyektlar bilan sodir bo‘ladi, u yerda esa har narsa bo‘lishi mumkin.

Loyiha asosini avtonom quvvat, elektronik va biror narsa (sig‘imli) va obyektlar (NFC) tekkanda kombinatsiyalangan tanish tizimi hamda kichik gilamcha tashkil etadi. Noutbuk yoki SHK ma’lumotlari USB orqali ham, Bluetooth orqali ham uzatiladi. Interfeys ko‘rinishi tizimning ishlash tezligiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Gilamchaning sensor tizimlari nafaqat ishchi yuza, balki 3 sm.gacha balandlikdagi ishoralarni ham taniy oladi. NFC taglari — o‘yinchoqlar, o‘yin kartalari, konstruktorlar elementlari va boshqa obyektlarga biriktirilgan — quvvat talab etmaydi va ajoyib identifikatorlarga ega (ID).

Gilamcha ID obyektlarni taniy oladi va uni noutbuk ekranida aks ettiradi, haqiqiy vaqt rejimida, bir varakay ham stol, ham ekranda o‘ynashga imkon beradi. O‘yin ishlab chiquvchilar tomonidan animatsiya va tovushli effektlar bilan boyitilgan. Bunda identifikatorlar ma’lumotlar bazasiga shunchaki saqlash emas, balki butun obyekt tarixini yozishni amalga oshirilishini ko‘zda tutganlar. Bu o‘yinchi (bola) yoki mutaxassislar tomonidan o‘ylab topilgan o‘yindagi voqelik, dialoglar bo‘lishi ham mumkin. Qo‘g‘irchoqlar bolalar bilan birga «ulg‘ayishlari» va o‘tgan davrdagi hayotiy hodisalarini so‘zlab va ko‘rsatib berihlari ham mumkin.

Zanzibar loyihasi nafaqat o‘yinlar va ijod uchun ishlab chiqilgan. Ishlab chiquvchi dasturchilar jajji bolajonlar uchun interaktiv ta’lim tizimlarini taqdim etdilar. Masalan, ularni yoziishga o‘rgatish mumkin. Shuningdek, Zanzibar platformasi ko‘pchilik bo‘lib o‘ynaladigan o‘yinlar uchun ham ochiq, shunday ekan, yolg‘izlikda o‘yin o‘ynash shart emas. Kompaniya barcha loyihalari tijorat sotilishi uchun yetkazib berilishini ham ogohlantirmoqda. Zanzibarning taqdiri qanday bo‘lishini faqat kutish zarur.

Manba: http://research.microsoft.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq