7 oy-yu 7 kunda kelgan xat yoki Sirdaryo va Samarqand orasidagi masofa shunchalik uzoqmi?
21.04.2018
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Pochta xizmati qam uzoq tarixiga ega. Bir paytlar bu xizmatni aloqachi kabutarlar, elchilar, savdo ko’rvonlari bajargan bo’lsa, zamonamizga kelib, aloqida xizmat turlari joriy qilingan. Pochta etkazish muddatlari keskin qisqargan, xizmat narxlari bir necha o’n barobarga arzonlashgan.

Mamlakatimizda «O’zbekiston pochtasi» AJ maqalliy va xalqaro jo’natmalarni tez muddatlarda foydalanuvchilarga etkazish uchun keng imkoniyatlarga ega.

Lekin, ba’zida bo’lsin jo’natmalarning o’z vaqtida manziliga etib bormayotgani bilan bog’liq qolatlar uchrab turibdi.

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari soqasida nazorat bo’yicha davlat inspektsiyasining Samarqand viloyat qududiy bo’linmasiga ham bu borada fuqarolar haqli e’tiroz va shikoyatlari bilan murojaat qilmoqda.

Gapimiz quruq bo’lmasligi uchun bir misol keltirsak, 2018 yil 23 mart kuni Samarqand viloyati, Ishtixon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro F.A o’z nomiga Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumanidagi Sardoba aloqa bo’limidan 2017 yilning 15 avgust kuni yuborilgan RA128684767UZ raqamli buyurtmali xat etib kelmaganligi to’qrisida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari soqasida nazorat bo’yicha davlat inspektsiyasining 1144 raqamli “Ishonch telefoni”ga murojaat kelib tushdi.

Fuqaro murojaatini o’rganish jarayonida, uning nomiga Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumanidagi Sardoba aloqa bo’limidan 2017 yilning 15 avgust kuni yuborilgan buyurtmali xat 2017 yilning 22 avgust kuni “O’zbekiston pochtasi” AJ Samarqand tumanlararo pochta aloqa bog’lamasining Saralash va etkazish uchastkasiga kelib tushgani, biroq Ishtixon tumanlararo pochta aloqa bog’lamasining mansabdor shaxslari va mas’ul xodimlarining o’z ishiga sovuqqonlik bilan qaraganligi tufayli ushbu xat egasiga etkazilmagani aniqlandi. 2018 yilning 26 mart kuni Inspektsiyaning Samarqand viloyati hududiy bo’linmasi xodimlari tomonidan murojaat o’rganilib, 7 oy 11 kun kechikkan pochta fuqaroga topshirildi.

Vaholanki fuqaro F.A. kutayotgan ushbu xatda unga zarur bo’lgan qujjatlar yuborilgan bo’lib, xatni so’roqlab bir necha marotaba Ishtixon tumanlararo pochta aloqa bog’lamasining mas’ul va mansabdor shaxslariga murojaat qilgan va ushbu xat Ishtixon tumanlararo pochta aloqa bog’lamasiga asossiz ravishda saqlangan.

Bu holat omonotni o’z egasiga topshirmagan, ustiga-ustak fuqaroni ovorai sarson qilgan Ishtixon tumanlararo pochta aloqa bog’lamasi xodimlarining o’z ishiga bo’lgan munosabatidan boshqa nimani anglatadi?

Ushbu maqolani yozishdan maqsadimiz birovni aybini topib,ommaga doston qilish emas, balki yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklardan to’g’ri xulosa chiqarish, bu kabi holatlar takrorlanishini oldini olishdir.

Umid qilamizki, Ishtixon tumanlararo pochta aloqasi xodimlari bundan to’qri xulosa chiqarib, foydalanuvchilarning pochta aloqasiga bo’lgan ishonchlarini yo’qotmaslik uchun o’z ishiga mas’uliyat bilan yondoshadi.

Ma’lumot uchun aytganda Inspektsiyaning Samarqand viloyati hududiy bo’linmasiga joriy yilning 1-choragi davomida 362 ta murojaat kelib tushgan bo’lib, shundan 26 tasi pochta aloqasi xizmatlariga tegishli bo’lgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq