O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasida seminar o‘tkazildi
20.04.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Joriy yilning 18-aprel kuni Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha Davlat inspeksiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi xodimlari ishtirokida «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga oid meyoriy hujjatlar» mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminarda Inspeksiya xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga oid qabul qilingan qonunlar va qonunosti hujjatlari xususida ma’ruzalar qilindi.

Xususan, «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi qonun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 iyundagi «Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi va 2017 yil 15 sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Seminar yakunida Qo‘mita mutaxassislarini qiziqtirgan savollarga Inspeksiya xodimlari tomonidan batafsil javoblar berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq