2017-2018 o‘quv yilining birinchi semestri natijalariga muvofiq IUTning eng yaxshi talabalari taqdirlandilar
20.04.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Toshkent shahridagi Inha universiteti ma’muriyati 2017-2018 o‘quv yilining birinchi semestri yakunlari bo‘yicha universitetning eng yaxshi talabalarini taqdirladi.

Eslatib o‘tamiz, har semestr yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahridagi Inha universiteti imtihonlarda yuqori natijalarga erishgan va o‘qiyotgan davrida o‘zlarini yaxshi tomondan ko‘rsatgan har bir kursdan eng yaxshi 10 nafar talabani aniqlaydi. Ushbu talabalar bir semestr uchun to‘lov pulining 100 foiz yoki 50 foiz miqdoridan ozod qilinadi.

Shuningdek, 3,5 yoki undan ortiq ball to‘plagan talabalar Deans’ List (Dekan ro‘yxati)ga kiritiladi.
Marosim davomida Toshkent shahridagi Inha universitetining so‘nggi semestr yakunlariga ko‘ra eng yaxshi talabalari e’lon qilindi. Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Sarvar Babaxodjayev va universitetning birinchi prorektori Cho Vu Sug eng yaxshi natijaga erishgan talabalarga sertifikatlar topshirishdi.

Umumiy hisobda «Kompyuter va dasturiy injiniring» hamda «Logistika» fakultetlarining 42 nafar talabalari akademik grantlar olishdi.

Mazkur tadbir talabalarning bilim olish va ularning o‘rtasida sog‘lom raqobatni rivojlantirishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq