Xatolikka asosan Samsung Securities xodimlariga 105 milliard dollargacha berilgan
19.04.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Janubiy Koreyaning yirik korporativ brokerlaridan biri bo‘lgan Samsung Securities kompaniyasi aksiyalarga ega bo‘lgan xodimlarga har bir aksiya uchun 1 000 von (bir dollardan kamroq) dividend to‘lashni maqsad qilgan edi.

Biroq xatolik yuz berib, har bir xodimga aksiyadorlik kompaniyasining 1000 ta aksiyasi berildi. Shunday qilib, taxminan 105 milliard dollarga teng bo‘lgan 2,83 mlrd. dona mavjud bo‘lmagan aksiyalar uchun dividend to‘langan, ya’ni bu Samsung Securitiesning amaldagi qiymatidan 30 barobar ko‘pdir. Xatolik aniqlanmaguniga qadar va tuzatilmasdan oldin, 16 nafar xodim o‘z aksiyalarini sotishga muvaffaq bo‘lgan. Samsung Securitiesning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi ulushi darhol 12 foizga tushib ketdi, bu esa jahon moliyaviy inqirozidan buyon eng katta pasayish bo‘ldi.

Boshqaruv organi allaqachon Samsung qimmatli qog‘ozlari faoliyatini tekshirishni boshladi va yirik pensiya jamg‘armasi o‘z xizmatlarini rad etdi. Broker, aksiyalarni sotib olgan xodimlarni jiddiy ravishda, jazolash va bu xatolardan zarar ko‘rgan investorlarning zararlarini qoplashga va’da berdi.
Manba: www.bloomberg.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq