IUT va Islom Karimov nomli TDTU o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi
19.04.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) va Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti (Islom Karimov nomli TDTU) o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Hujjat Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Sarvar Babaxodjayev va Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori Sadritdin Turabjanovlar tomonidan imzolandi.

Memorandumni imzolash marosimi Toshkent shahridagi Inha universiteti binosida, ikki universitet xodimlari va professor-o‘qituvchilari ishtirokida bilan o‘tdi.

Hujjat doirasida Oliy ta’lim muassasalari O‘zbekiston iqtisodiyotining ilmiy-texnik va innovatsion rivojlanishining davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etishni rejalashtirmoqda.

Tomonlar o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni rivojlantirish maqsadida o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va doktorantlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish niyatidalar.

Bundan tashqari, universitetlar birgalikda ilmiy-texnik loyihalar va innovatsion ishlanmalarning amalga oshirilishi, shuningdek, tegishli ilmiy yo‘nalishlarda talabalarning ijodiy to‘garaklarini tashkil etishni qo‘llab-quvvatlaydilar.

Ta’lim muassasalari birgalikda ilmiy izlanishlar olib boradilar, o‘zaro akademik ma’lumotlar, materiallar va nashrlar almashadilar.

Bundan tashqari, tomonlar oliy ta’lim muassasalarida, hamkorlikda tashkil etiladigan seminarlar va ilmiy anjumanlar tashkil etilishi, o‘tkazilishi va ularda ishtirok etishni rejalashtirganlar.

Imzolash marosimi doirasida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti ma’muriyati va fakultet vakillari IUTdagi o‘quv jarayoni bilan tanishdilar.

Shuningdek, ular IUT talabalari hamda professorlari uchun yaratilgan shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq