Innopolis va DDTU vakillari IUTda muzokaralar olib bordilar
19.04.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Rossiya universitetlarining delegatsiyasi mumkin bo‘lgan hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilish uchun Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)ga tashrif buyurdilar.

Uchrashuv Rossiya Federatsiyasi Aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Aleksey Volin boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Delegatsiya tarkibidan Innopolis universiteti direktori Kirill Semenixin, shuningdek, Don davlat texnika universiteti (DDTU)ning «Mediakommunikatsiya va multimedia texnologiyalari» fakulteti dekani Yevgeniy Ladosha hamda «Xalqaro» fakulteti dekani Irina Maevskaya o‘rin olgan edi.

Yig‘ilish avvalida tomonlar yosh mutaxassislarni tayyorlash borasida universitetlarning faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berdilar.

Taqdimotdan so‘ng IUT va Rossiya oliy talim muassasalari vakillari hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va qo‘shma ta’lim loyihalarini, shuningdek, startap loyihalarini amalga oshirish va o‘qituvchilarni tayyorlash masalalarini muhokama qildilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq