SHК yetkazib berish bozori qatorasiga 14 ta yil choragi mobaynida qisqarmoqda
18.04.2018
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Gartner analitika kompaniyasi shaxsiy kompyuter yetkazib berish boyicha jahon bozorini tadqiq etish natijalarini taqdim etdi. Ekspertlar fikriga ko‘ra, bozorga SHK yetkazib berish qatorasiga 14 ta yil choragi mobaynida qisqarmoqda.

2018-yanvar–mart oylarida ishlab chiqaruvchilar jami 61,7 mln. desktoplar va noutbuklar yetkazib berdilar, shu boisdan, 2017-yil shu davriga nisbatan 1,4 foiz kam bo‘lganini ko‘rsatdi. Bozor 2012-yil ikkinchi yarmidan pasaya boshlagan. Joriy yil birinchi choragi natijalariga ko‘ra SHK yetkazib berish Osiyo-Tinch okeani mintaqasida va AQShda 3,9 foizdan 2,9 foizgacha qisqardi, boshqa mintaqalarda kichik o‘sish sur’atlari namoyon bo‘ldi, biroq global bozor ko‘rsatkichlarini tiklashga bu kamlik qiladi. Analitik Gartner Mikako Kitagavi (Mikako Kitagawa) ma’lum qilishicha, 2018-yil to‘rtinchi chorakda kompyuterlar sotilmay qolishi mumkin. Ishlab chiqaruvchilar yilning ikkinchi choragida sakkizinchi avlod Intel protsessorlari bazasida yangi SHK modellarini chiqarilishi bozorni to‘ldirib yuboradi, deya ta’kidladi ekspert.

Jahon kompyuter bozorida HP Inc., Lenovo va Dell yetakchilik qilmoqda, yanvar–mart oylarida uskunalar yetkazib berish bo‘yicha ularning ulushi deyarli 57 foizni tashkil etmoqda, bir yil avval 54,5 % edi. Yetakchilar guruhida Dell yuqori sur’atlarni ko‘rsatmoqda (+6,5 %).

Manba: www.gartner.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq