Dubayda avtomobillarning raqamli belgilari sinovdan o‘tkazilmoqda
18.04.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Dubayda avtomobil raqamli belgilari – displeyli, GPS-modul va transmitterli ro‘yxatdan o‘tkazilgan smart-panellar sinovdan o‘tkazila boshlandi.

Yangi smart panellar haydovchi yo‘l harakati hodisalariga uchragan taqdirda, favqulodda vaziyatlar xizmatlarini xabardor qilishi mumkin. Dubay (Yo‘llar va transport boshqarmasi) transport vositalarini litsenziyalash boshqarmasi boshlig‘i Sulton Abdulloh Al-Marzuki so‘zlariga ko‘ra, yangi raqamlar mahalliy haydovchilarning hayotini yengillashtiradi. Avtomobil avtohalokatga uchragan bo‘lsa, politsiya yoki tez yordamga murojaat qilish bilan bir qatorda, texnologiya boshqa haydovchilar bilan real vaqt rejimida transport sharoitlari haqida muloqot qilishingiz va yo‘l-transport hodisalari haqida xabar berishingizga yordam beradi. Shuningdek, smart-panellar avtomobil o‘g‘irlanishi yoki identifikator o‘g‘irlanishi holatlarida ekran raqamini signalga o‘zgartira oladi.

Yangi belgilar to‘xtash joyi haqini to‘lash uchun transponder, shuningdek, jarimalar to‘lash yoki ro‘yxatga olishni yangilash uchun ishlatilishi mumkin. Pul foydalanuvchilarning hisoblaridan, avtomatik tarzda, hisoblab olinadi. Avotransport raqamli belgilarini ilova yoki RTA veb-saytidan foydalanib, o‘zgartirish mumkin. Raqamli raqamli belgilarning narxi hali aniq belgilanmagan. Al-Marzuki shu haqda noyabr oyida testdan o‘tganidan so‘ng bu haqda xabar berishni va’da qildi.

Manba: www.bbc.co.uk

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq