Mash asoschisi Nikita Mogutin Toshkentda o‘tkaziluvchi USENET 2018da sahnaga chiqadi
17.04.2018
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan USENET 2018 xalqaro Digital anjumanida Mash loyihasi asoschisi Nikita Mogutin sahnaga chiqishi kutilmoqda. Mavzu: «Rossiya ijtimoiy tarmoqlarida mashhurligi bo‘yicha aksariyat OAVdan o‘zib ketgan mediani yaratish tarixi».

Mash (https://t.me/breakingmash) – Rossiyada bundan bir yil avval yaratilgan eng yirik yangiliklar internet-loyihasi sanaladi. Loyiha asoschisi Nikita Mogutin bungacha Life.ru bosh muharriri o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan. 2017-yilning birinchi yarmi natijalariga ko‘ra, Mash Rossiya OAVda eng ko‘p tilga olingan Telegram-kanali bo‘ldi.

Nikita Mogutin faqat bir kun – 27-aprel kuni USENET 2018 doirasida chiqish qiladi. Anjuman International Hotel Tashkent mehmonxonasi anjumanlar zalining biryo‘la ikki qavatida 3 ta parallel seksiyalarda tashkil etiladi.

Ledokol Group (http://ledokolgroup.com) media agentligi tadbir tashkilotchisi hisoblanadi. Konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida o‘tkaziladi.

Bosh homiy — Beeline Uzbekistan.

Anjuman homiylari: Samsung, Click mobil banking tizimi, “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i.

Yoqimli an’anaga ko‘ra, anjuman International Hotel Tashkent anjumanlar-zalining ikkita qavatida 27-aprel kuni ertadan kechgacha o‘tkaziladi. Konferensiyaga taklifnoma bilan kirish mutlaqo bepul. Buning uchun konferensiya rasmiy saytida ariza qoldirsangiz bas (http://usenet.uz).

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq