Toshkent shahridagi Inha universitetida «Amaliyot va karyera yarmarkasi» bo‘lib o‘tdi
16.04.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2018-yilning 14-aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)da «Amaliyot va karera yarmarkasi» (Internship & Career Fair IUT 2018) bo‘lib o‘tdi.

Amaliyot va karyera yarmarkasi Toshkent shahridagi Inha universiteti va mamlakatning boshqa AT universitetlaridagi talabalar uchun AKT sohasidagi kompaniyalar va tashkilotlardagi istiqbollarini belgilash va amaliyot o‘tish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan edi.

Yarmarkada O‘zbekistonda iqtisodiyotning turli sohalarida faoliyat yuritayotgan yirik kompaniyalar va tashkilotlar o‘zlarining imkoniyatlari bilan tanishtirdilar. Ishtirokchilar orasida «Mirzo Ulugbek Innovation Center»ning rezidentlari ham bor edi. Yarmarkada, shuningdek, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kompaniyalar ham vakansiyalarni taqdim etdilar.

Kompaniyalar vakillari murojaat etuvchilar bilan intervyular o‘tkazdi, shuningdek, o‘z imkoniyatlarining taqdimotini o‘tkazishdi hamda malaka oshirish uchun mavjud imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumot berdilar.
Bu haqda Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Sarvar Babaxodjayev shunday dedi: «Universitetda talabalarimizning amaliyotlarini tashkil etish va ishga joylashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Birinchi bitiruvchilarimiz va uchinchi bosqich talabalarimizning ko‘pchiligi ishga joylashgani yoki o‘z loyihalari ustida ishlayotgani quvonarlidir».

«Mazkur yarmarka yoshlarga yirik kompaniyalarda ish topishga, shuningdek, axborot texnologiyalari bozorida talab qilinadigan kasblar haqida ma’lumot olish imkonini beradi. Bu esa, o‘z navbatida, ularga o‘z rejalarini tuzishga va bu yo‘nalishlarda kerak bo‘lgan bilimlarga ega bo‘lishga imkon beradi», — qo‘shimcha qildi u.

«Men, shuningdek, yarmarkani qo‘llab-quvvatlagan hamda o‘z kompaniyalarida amaliyot o‘tash imkoniyatini yaratgan barcha kompaniyalarning vakillariga minnatdorlik bildirmoqchiman. Toshkent shahridagi Inha universiteti AT-bozorining ishtirokchilari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va kengaytirishga tayyor», — deya ta’kidlab o‘tdi universitet rektori.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq