TATU va umumta’lim maktablari o‘rtasidagi hamkorlikka ilk qadam
16.04.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

14-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Toshkent shahridagi 10 nafar umumta’lim maktablari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi xamkorligida joriy yilning 29-mart kuni imzolangan “Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori ijro yuzasidan o‘tkazilgan ushbu uchrashuvda universitet hamda umumta’lim maktablari rahbariyati vakillari ishtirok etdilar. Uchrashuvda memorandum imzolanishi bilan birga kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar rejasi ham tasdiqlandi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq