Parlament mas’uliyati doirasiga mamlakatning innovatsion rivojlanishini ta’minlash masalalarini ham kiritildi
14.04.2018
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Joriy yilning 12-aprel kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining yalpi majlisida “Ахborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasining nomini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi Qаrori loyihasi muhokama etildi va qabul qilindi.

Bunday Qarorning qabul qilinishiga mamlakatimizda barcha sohalarda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ularni hayotga tatbiq etishdagi innovatsion yondashuv va ularda parlament ishtiroki hamda mas’uliyatini belgilash asos bo‘ldi.

2018-yil Prezidentimiz taklifiga asosan «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» deb e’lon qilindi va yil dasturi qabul qilindi. Dasturdagi har bir chora-tadbir innovatsion ruhda ishlab chiqilgan desak xato bo‘lmaydi. Jumladan:

— Tadbirkorlik va innovatsion sohadagi istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini rivojlantirish;

— «Innovatsion faoliyat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish;

— O‘zbekiston Respublikasining Innovatsion rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish kabi muhim tadbirlar belgilangan.

Hozirgi kunda ushbu dasturda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha izchillik bilan ishlar amalga oshirilmoqda. Albatta, bu jarayonlarda parlament faoliyatining alohida tutgan o‘rni bor. 2018-yilning fevral oyida Qonunchilik palatasi spikeri N.Ismoilov rahbarligidagi delegatsiyamiz Janubiy Koreya davlatiga tashrif buyurgan edi. Ushbu tashrif doirasida imzolangan hujjatlar va kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha 11 banddan iborat amaliy harakatlar rejasi «Yo‘l xaritasi» ishlab chiqildi. Ushbu Yo‘l xaritasining 9-bandida parlament mas’uliyati doirasiga mamlakatning innovatsion rivojlanishini ta’minlash masalalarini ham kiritish belgilangan.

Mamlakatimiz iqtisodiyoti va ijtimoiy soha barcha tarmoqlarining jadal innovatsion rivojlanishini ta’minlash, jahon ilm-fanining zamonaviy yutuqlarini, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish sohasida parlament faoliyatining samaradorligini oshirish, uning mazkur sohasidagi qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil va boshqa faoliyatini tizimlashtirish hamda faollashtirish qaror bilan belgilab qo‘yildi.

Unga asosan Ахborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasining nоmi uning mas’ul bo‘lgan sohasiga mamlakatning innovatsion rivojlanishini ta’minlash, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni joriy etish masalalari qo‘shimcha ravishda kiritilgan holda «Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi» deb o‘zgartirish belgilandi.

Shundan kelib chiqib, Qaror loyihasida bir qator normativ huquqiy hujjatlarga, jumladan:

1) Оliy Majlis Qonunchilik palatasining 2005-yil 28-iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti»ga;

2) Qоnunchilik palatasining 2015-yil 12-yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mitalari ro‘yxatini tasdiqlash, qo‘mitalar raislari lavozimlarini siyosiy partiyalar fraksiyalari va deputatlar guruhi o‘rtasida taqsimlash to‘g‘risida (yaxlit qaror)»gi Qaroriga;

3) Qоnunchilik palatasining 2015-yil 12-yanvarda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining raislarini saylash to‘g‘risida»gi Qaroriga;

4) Qоnunchilik palatasining 2015-yil 5-fevralda qabul qilingan «Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasini saylash to‘g‘risida»gi Qaroriga;

5) Qоnunchilik palatasining 2018-yil 22-yanvardagi Qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2018-yilga mo‘ljallangan faoliyatining asosiy yo‘nalishlari»ga qo‘mita nomini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan tegishli o‘zgartirishlar kiritish belgilanmoqda.

Shuningdek, «Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi»ga yangi tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini shakllantirish, monitoring qilish va bu boradagi huquqiy asoslarni ta’minlash kabi dolzar vazifalar yuklatildi.

Qo‘mita mas’ul bo‘lgan soha kengayganligini hisobga olgan holda, Qo‘mitaning 2018-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga mamlakatning innovatsion rivojlanishini, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalar joriy etilishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar bilan to‘ldirish borasida tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish vazifalari yuklatildi.

Shuhrat ShARAFUTDINOV

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq