Vazir Butunjahon banki delegatsiyasini qabul qildi
12.04.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2018-yilning 11-aprel kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev Butunjahon bankining Transport va raqamli rivojlanish bo‘yicha xalqaro amaliyot bo‘linmasi direktori Frans Driz-Kross boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlikda amalga oshirish ko‘zda tutilgan «Digital CASA» loyihasi yuzasidan fikr almashdilar. Mazkur loyiha mamlakatda raqamli texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish, «elektron hukumat» tizimlarini joriy qilish hamda raqamli iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash kabi maqsadlarni ko‘zlaydi.

O‘zbekiston tomoni mehmonlarni yurtimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, xususan telekommunikatsiya infratuzilmasini mustahkamlash, aholiga ko‘rsatilayotgan elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishni yaxshilash kabi yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdilar.

Markaziy va Janubiy Osiyoni yagona raqamli xabga bog‘laydigan va transchegaraviy telekommunikatsiya tarmog‘ini yaratishga qaratilgan «Digital CASA» dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan mamlakatlarga Internetga tezkor ulanish, shuningdek, mamlakatning tranzit salohiyatini oshirishiga xizmat qiladi.

Shuningdek, loyihaning amalga oshirilishi davlatning iqtisodiy salohiyatining oshishi, aholiga sifatli elektron xizmat ko‘rsatilishi, yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga xizmat qiladi.

Mazkur strategik maqsadga erishish uchun «Digital CASA» hududiy loyihasi Internet tezligini oshirib, xususiy sarmoyalarning davlatning raqamli infratuzilmasini rivojlantirishga yo‘naltiradi.

O‘zbekiston tomoni loyihadan kutayotgan natijalar xususida ma’lum qilib, Butunjahon banki bilan istiqboldagi hamkorlik yuzasidan takliflarini bayon qildi.

Tomonlar istiqbolda ikkitomonlama manfaatdor hamkorlikni davom ettirish yuzasidan fikr-mulohaza almashishga kelishib oldilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq