“O‘zsanoatqurilishbank” ATB xodimlari talabalarga ishga joylashish imkoniyatlarini taqdim etdilar
10.04.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Toshkent shahridagi Inha universitetida O‘zbekistonning yirik tijorat banklaridan biri bo‘lgan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari va bitiruvchilarini ishga joylashtirishga yordam berish maqsadida tashkil etildi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston hukumati tijorat banklari tomonidan aholi va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifatini yaxshilash bo‘yicha vazifalar qo‘ydi. Xususan, banklar qisqa vaqt ichida axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yangi xizmatlarni joriy etishlari kerak.

Yosh mutaxassislarni jalb qilish uchun ba’zi tijorat banklari oliy ta’lim muassasalari talabalari va bitiruvchilari uchun taqdimotlar o‘tkazmoqdalar va moliyaviy institutlar tarkibidagi ish o‘rinlari to‘g‘risida gapirib bermoqdalar.

Uchrashuv davomida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB vakillari bank xodimlari uchun yaratilgan imkoniyatlarining taqdimotini namoyish etdilar. Xususan, talabalar ishning moliyaviy sharoitlari va kasbiy rivojlanishi haqida ma’lumot oldilar.

Qayd etildiki, maqsadli va g‘ayratli mutaxassislar uchun professional muvaffaqiyatlarga erishish kafolatlangan.
Uchrashuv yakunida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB vakillari Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari savollariga batafsil javob berdilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq