Muhammad al-Xorazmiy tavalludining 1235 yilligiga xalqaro konferensiya tashkil etildi
08.04.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Shu yilning 5-6 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamkorligida buyuk olim va matematik Muhammad al-Xorazmiy tavalludining 1235 yilligiga bag‘ishlab xalqaro konferensiya tashkil etildi. Unda mamlakatimizning va 10 ga yaqin davlatdan kelgan 500 nafardan ziyod olimlar, mutaxassislar ishtirok etdi.

Konferensiyada elektron tijorat, «Elektron hukumat» tizimini joriy qilish va rivojlantirish borasida axborot texnologiyalaridan foydalanish, «Axborot kutubxonasi va arxivlar» yo‘nalishining innovatsion rivojlanishiga oid tadqiqotlar natijalari ko‘rib chiqildi. Ishtirokchilar axborot xavfsizligi muammolari, «aqlli» va «xavfsiz» uylarni loyihalashtirish hamda zamonaviy pedagogikada axborot texnologiyalarini qo‘llash masalalarini ham muhokama qildilar.

Shuningdek, telekommunikatsiya tizimlari, raqamli televideniye, radio, simsiz aloqa texnologiyalari, radiotexnika rivojlanishi istiqbollari haqida fikr yuritildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq