Iste’molchilarning huquqlari himoyalangan
08.04.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Joriy yil mart oyida Nukus shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroning “O‘zbektelekom” AK Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialining aybi bilan internet xizmatlari ko‘rsatilmagan kunlar uchun oylik abonent to‘lovi o‘z vaqtida va to‘liq qayta hisob-kitob qilinmaganligi yuzasidan Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspektsiyasi ishonch telefoniga murojaati kelib tushdi.

Ushbu murojaat Inspektsiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘linmasi tomonidan o‘rnatilgan tartibda o‘rganib chiqildi va o‘rganish natijalari bilan ushbu murojaat asosli ekanligi va korxona aybi bilan yuzaga kelganligi aniqlandi va “O‘zbektelekom” AK Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialiga tegishli ko‘rsatma taqdim etilib, bajarlishi nazoratga olindi.

“O‘zbektelekom” AK Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali tomonidan ushbu foydalanuvchiga internet xizmatlari ko‘rsatilmagan kunlar uchun oylik abonent to‘lovi to‘liq qayta hisob-kitob qilib berilishi va mazkur murojaatning kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan 2 nafar mas’ul xodimlariga nisbatan intizomiy choralar ko‘rilidi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 19 dekabrdagi 355-son qarori bilan tasdiqlangan Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspektsiyasining Nizomiga asosan Inspektsiyaga sohada doir murojaatlarni o‘rganish vakolati berilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq