“MULOQOT” mobil ilovasi — parlamentning jamoatchilik bilan aloqalari sifatini yanada yaxshilaydi
06.04.2018
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar.
Muallif: .

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tashkil etgan tadbirda “Micros Development” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan “Muloqot” mobil ilovasining ahamiyatli jihatlari haqida ma’lumotlar berildi.

Mazkur mobil ilova parlamentning jamoatchilik bilan aloqalari sifatini yaxshilash bilan bir qatorda, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish jarayonlari ustidan jamoatchilik nazoratini joriy etishni ta’minlaydi. Shuningdek, “MULOQOT” mobil ilovasi har bir fuqaroga real vaqt rejimida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga murojaatlarni oson va tezkor yuborish imkoniyatini beradi. Ilovadan o‘zbek va rus tillarida foydalanish mumkin.

Mobil ilova murojaatchilarning shaxsga doir ma’lumotlari va shaxsiy axborotlarini oshkor etilmasligi hamda zarur xavfsizligini ta’minlovchi O‘zbekiston Respublikasi elektron hukumat foydalanuvchilarini identifikatsiya qilish Yagona tizimi (OneID) bilan integratsiyalashgan. Mobil ilova murojaatchiga murojaatni jo‘natishda muammoni tezkor hal etishni ta’minlash maqsadida unga tegishli fayllarni (rasmlar yoki xujjatlar) qo‘shib jo‘natish, shuningdek, zarur bo‘lganda kartada murojaat bilan bog‘liq obyekt joylashgan yerni ko‘rsatish imkoniyatini beradi.

Fuqarolar murojaatiga deputatlar tomonidan ko‘rilgan choralarning samaradorligini baholash uchun berilgan javoblar doirasida jamoatchilik nazoratini o‘rnatish maqsadida, har bir murojaat tegishli bazaga kiritilib boriladi.

Bugungi kunda mazkur ilovadan Android operatsion tizimi uchun beta rejimida foydalanish mumkin bo‘lib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyatini yorituvchi bir guruh jurnalistlarga sinov holatida ishlatishga berilgan. Yaqin kunlarda, to‘liq sinovdan o‘tgandan keyin “MULOQOT” ilovasidan O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq