Davlat xizmatlari markazlari uchun yagona axborot platformasi yaratiladi
05.04.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida 4 aprel kuni aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish borasidagi ishlarni tahlil qilish va eng muhim vazifalarni belgilab olishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda mazkur yo‘nalishga mas’ul rahbarlarning hisoboti tinglanib, davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.

Joriy yilda davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish maqsadida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Davlat xizmatlari markazlari hamkorligi uchun yagona himoyalangan axborot platformasi yaratiladi. Mazkur platforma o‘zida Davlat xizmatlari markazlarida foydalanilayotgan 8 ta axborot tizimlari hamda ma’lumotlar bazalarini jamlaydi. Jumladan, «elektron navbat», xizmat ko‘rsatishni monitoring qilish, xizmat ko‘rsatish sifatini baholash va boshqalar.

Shuningdek, vazirlik «elektron hukumat» tizimiga davlat organlarining 20 dan ziyod axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini ham markazlashtiradi. Natijada, tashkil etilgan davlat xizmatlari markazlarida

26 ta davlat xizmatlariga oid ma’lumotlarni idoralar avtomatlashtirilgan tizim orqali almashishlari mumkin bo‘ladi.

Shu bilan birga, «elektron hukumat» tizimi orqali ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlari uchun to‘lanadigan davlat bojlari va to‘lovlarini amalga oshirish imkonini beruvchi yagona avtomatlashtirilgan elektron xisob-kitob tizimi ham ishlab chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, vazirlik tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan loyihalari tashkil qilib kelinmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq