O’zbekiston va Afg’oniston AKT vazirliklari o’rtasida memorandum imzolandi
04.04.2018
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar, Tadbirlar.
Muallif: .

O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Afg’oniston Islom Respublikasining Kommunikatsiya va axborot texnologiyalari vazirligi o’rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish yo’nalishida hamkorlikni yo’lga qo’yishga qaratilgan «Strategik hamkorlik bo’yicha anglashuv Memorandumi» imzolandi.

Mazkur hujjatdan ko’zlangan bosh maqsad — ikkitomonlama hamkorlikni mustahkamlash hamda telekommunikatsiya, axborot texnologiyalari va pochta xizmatlarini rivojlantirishda tajriba almashish, aloqalarni kengaytirishdan iborat. Memorandumda, shuningdek AKT sohasida texnik yordam ko’rsatish masalasi ham ko’zda tutilgan.

Anglashuv memorandumi asosida tomonlar hamkorlikka oid me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtiradilar, o’zaro daxldor bo’lgan telekommunikatsiya va aloqa tarmoqlari hamda pochta aloqasi infratuzilmasini maqbullashtirish choralarini ko’radilar. Xususan, Markaziy Osiyoga O’zbekiston orqali o’tadigan pochta tranzitining faoliyati ta’minlanadi. Shu bilan birga, tomonlar AKT sohasining turli yo’nalishlarida raqobatbardoshlilikni oshirish, «elektron hukumat» yo’nalishida hamkorlik qilishni kelishib oldilar.

Imzolangan Memorandum asosida afg’onistonlik talabalarning Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Toshkent shahridagi Inha universitetlarida ta’lim olishlarini tashkil qilish masalasi ham o’rganib chiqiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq