Azim Axmedxadjaev Afg’oniston kommunikatsiya va axborot texnologiyalari vazirini qabul qildi
03.04.2018
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar, Tadbirlar.
Muallif: .

Bugun O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjaev Afg’oniston kommunikatsiya va axborot texnologiyalari vaziri Shaxzod Gul Aryobini qabul qildi. Shuningdek, uchrashuvda «Afg’on Telekom» kompaniyasi rahbari Ajmal Ayan ham ishtirok etdi.

Telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, jumladan yuqori tezlikdagi tranzit aloqa kanallarini tashkil qilish, ikki davlat tarmoq operatorlari o’rtasidagi xalqaro telefon trafik sig’imini kattalashtirish, xalqaro internet tarmog’iga yuqori tezlikda ulanishni tashkil qilish, AKT sohasida kadrlar tayyorlash kabi yangi yo’nalishlarda loyihalarni amalga oshirish masalalari uchrashuvning diqqat-markazida bo’ldi.

Qayd etilganidek, ushbu loyihalar nafaqat aloqa sohasi o’rtasidagi, balki boshqa yo’nalishlarda ham mintaqaviy hamkorlikning ham kengayishiga xizmat qiladi. Mazkur uchrashuv yakuni yuzasidan tomonlar istiqboldagi hamkorlik bo’yicha zarur me’yoriy hujjatlarni imzolashga kelishib oldilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq