Toshkent viloyati aholisiga yangilik
02.04.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

“O‘zbektelekom” AK Toshkent filiali tomonidan Toshkent viloyati hududiga zamonaviy, barcha qulayliklarga ega ATS y`ani 54 dona MSAN qurilmalari o‘rnatildi va davlat qabul komissiyasi xulosasi bilan foydalanishga topshirildi.

Ushbu MSAN qurilmasiga tuman telekommunikatsiya bo‘g‘lamasidan optik tolali aloqa kabellari orqali bog‘laniladi. Bu esa aloqa tezligini ta`minlab, abonentlarga qo‘shimcha xizmatlardan foydalanish imkonini beradi.

Shu bilan birga, “O’zbektelekom” AK Toshkent filiali tomonidan viloyat hududida istiqomat qiluvchi aholiga qulaylik yaratish, iste`molchilar manfaatlarini himoya qilish maqsadida (+99870) 202-10-84 raqamli mijozlarni qo’llab quvatlash markazi tashkil etildi.

Ushbu raqam orqali iste`molchilar telefon, Internet, IPTV xizmatlarining sifati bo‘yicha murojaat etishlari va sozlamalar bo‘yicha ma‘lumot olishlari mumkun.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq