TATUda uchun «Ochiq eshiklar kuni» o’tkazildi
02.04.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Avval xabar berib o‘tganimizdek, Muxammad-al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3290-sonli qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan akademik litsey o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari tashkil etilib kelinmoqda.

Shunday tadbirlardan biri Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborottexnologiyalari universitetining “Telekommunikatsiya texnologiyalari”, ”Kompyuter injeniringi” fakultetlari va “Akademik litseylar va kasb-xunar kollejlari ishlari” bo‘limi xamkorligida 23-28-mart kunlari tashkil etildi. Tadbirda akademik litseyning 160 nafar ikkinchi bosqich o‘quvchilari, guruh murabbiylari va “Telekommunikatsiya texnologiyalari”, ”Kompyuter injeniringi” fakultetlarining professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Tashkil etilgan tadbir doirasida litsey o‘quvchilariga universitet kafedralarida mavjud “Antenna qurilmalari” o‘quv laboratoriyasi, “Robototexnika” o‘quv laboratoriyasi, “Uzmobile” laboratoriyasi, “USEEL” laboratoriyasi, “Koreya o‘quv markazi” to‘g‘risida ma’lumot berildi va universitetning yetakchi mutaxassislari tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq