AKT vaziri BMTning O’zbekistondagi doimiy vakilini qabul qildi
02.04.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjaev hamda BMTning O’zbekistondagi rezident-koordinatori Helen Freyzer ishtirokida “Samarali davlat boshqaruvini rivojlantirish uchun hamkorlik va raqamli o’tish” loyihasini amalga oshirish yuzasidan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Unda loyihaning 2018 yilda o’tkaziladigan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligida ishtiroki uchun zarur donorlik ulushlarini moliyalashtirishda vazirlik ishtiroki kelishib olindi. Shuningdek, tomonlar 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi va O’zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar kontseptsiyasida ko’zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish, xususan aholiga yuqori darajali davlat xizmatlarini ko’rsatish tizimini yaratish bo’yicha hamkorlik qilish kelishib olindi.

Uchrashuvda kun tartibiga qo’yilgan bosh masalalar, jumladan axborot texnologiyalari va yoshlarning AKT savodxonligini oshirish, UNESCO, ITU kabi muassasalardan etakchi ekspertlarni jalb qilgan holda ta’limning yangi tizimini joriy qilish masalalari muhokama qilindi.

Joriy yilning yanvar hamda may oylarida vazirlik Toshkent axborot texnologiyalari hamda Toshkent shahridagi Inha universitetlari, shuningdek BMTning «Taraqqiyot» dasturi bilan hamkorlikda 10 dan 18 yoshgacha bo’lgan qizlar o’rtasida axborot texnologiyalari tanlovini tashkil qilmoqda. Hozirgacha yurtimizning barcha hududlaridan unda ishtirok etish istagida bo’lgan 450 nafar nomzodlar ro’yxatdan o’tganlar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq