Toshkent shahridagi Inha universitetida “Oracle Academy” ochildi
30.03.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2018-yil 28-mart kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)da “Oracle Academy”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Oracle Academy”ni IUT birinchi prorektori Cho Vu Sug va “Oracle Academy”ning EMEA mintaqasi bo‘yicha rahbari Deni Guris ochishdi.

“Oracle Academy” — “Oracle” kompaniya tomonidan o‘qituvchilarning o‘qish va ishlashiga tayyorgarlik ko‘rish uchun maktablarda, kasb-hunar kollejlarida va universitetlarda talabalar uchun axborot texnologiyalarini uzluksiz o‘rganish uchun barcha zarur resurslarni taqdim etish uchun mo‘ljallangan ta’lim tashabbusi hisoblanadi.

Har yili “Oracle Academy” kurslarini 120 mamlakatdagi 3,5 million nafardan ortiq talabalar o‘rganadi. “Oracle Academy” dasturlari yoshlarga haqiqiy hayotga tayyorgarlik ko‘rish va zamonaviy global iqtisodiy sharoitlarda ishlashga yordam beradi.

Eng mashhur akademik kurslardan Java Fundamentals, Java Foundations, Java Programming, Database Foundations, Database Design and Programming With SQL, Programming with PL/SQL, APEX – Application Development Foundations va shu kabilar bo‘yicha bepul ta’lim lish mumkin. Ular orasida ma’ruza va mustaqil o‘qish, amaliy mashg‘ulotlar, bilimlarni nazorat qilish, kurs loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirish kiradi.

Har bir keyingi kurs oldingisining mantiqiy davomi (Fundamentals, Foundations, Programming) va uni o‘rganishni boshlash uchun AT sohasidagi bilimlarga ega bo‘lish shart emas. Kurslarning davomiyligi 90-180 soatni tashkil etadi. Kurslar akademik dasturga kiritilishi mumkin, ular aniq ilmiy maqsadlarni o‘z ichiga oladi va ko‘plab amaldagi xalqaro standartlarga va imtihonlarga javob beradi.

IUT rektori Sarvar Babaxodjayev qayd etdi: “Oracle” kompaniyasi Toshkent shahridagi Inha universitetida o‘z akademiyasini ochganidan xursandmiz. “Oracle Academy” kurslari yoshlarga karyeralarini qurishlari uchun o‘zlarining malaka va ko‘nikmalarini oshirishga yordam berishiga ishonchimiz komil”.

“Oracle Academy”ning ochilish marosimi doirasida universitetda “Oracle Academy Student Day” tadbiri bo‘lib o‘tdi, unda “Oracle Academy” dasturining rahbarlari EMEA va RossiyaG`MDH mintaqasidagi “Oracle” kompaniyasi tomonidan ta’lim muassasalariga taqdim etilayotgan imkoniyatlar haqida gapirib berishdi. Tadbir davomida talabalar O‘zbekistondagi mehnat bozori talablari bilan tanishdilar, shuningdek, AT-ning eng dolzarb sohalari – “Axborot xavfsizligi asoslari” haqidagi taqdimotini tingladilar. Ma’ruzadan talabalar axborot xavfsizligini ta’minlashning asosiy prinsiplari, shuningdek, kompyuterni o‘rganish texnologiyalaridan foydalanish va ularga hujumlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga javob berish kabi yangi yo‘nalishlarni o‘rgandilar.

“Oracle” kompaniyasining platina sherigi “Jet Infosystems” kompaniyasi vakillari O‘zbekistondagi mehnat bozori talablari haqida gapirib, AT sohasidagi muvaffaqiyatli karerani yaratish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarga e’tibor qaratdilar.

“Oracle Academy Student Day” tadbirida Toshkent shahridagi Inha universiteti hamda Muhammad Al-Xorazmiy nomli Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU)ning 150 nafardan ortiq talabalari ishtirok etishdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq