Ford yorqin kodiga ega boshqaruvchisiz uchish vositasi identifitsikatsiyasini taqdim etishi mumkin
29.03.2018
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Ford kompaniyasi boshqaruvchisiz uchuvchi apparatlarning ajoyib identifikatsiya tizimini ishlab chiqdi: avtoishlab chiqaruvchi avtomobil raqamlarini aniqlash yorqin muqobilidan foydalanishni taqdim etdi.

Ford kompaniyasi ma’lum qilishicha, kun sayin havoda uchuvchi dronlar soni ko‘payib bormoqda. Shu sababli ham boshqaruvchisiz uchish apparatlari bilan bog‘liq masalalar ko‘payib bormoqda, biroq hozircha hal etilmay, ochiq qolmoqda. Xususan, havodagi mazkur qurilmalar xatti-harakatiga oid qoidalar mavjud emas. Ford kompaniyasi uchayotgan dronlarni identifikatsiya qilish tizimini taqdim etdi, uning yordamida dron parvozini nazorat qilish mumkin. Yechimda boshqaruvchisiz qurilma bortida ajoyib kodni ikkilama yorqinlik bilan uzatuvchi tizimdan foydalanilgan. Yorqin shu’lalarning lipilllash chastotasi bunday identifikatsiya usulini universallashtirishni ta’minlashi mumkin. Avtoishlab chiqaruvchi ta’kidlashicha, hozirgi kundayoq ko‘plab dronlar parvoz shu’lalari bilan ta’minlanmoqda — ular raqamni namoyish etishi mumkin. Yorug‘lik signallarini kameralar va maxsus dasturiy ta’minot yordamida tushunish mumkin. Buning uchun standart smartfon imkoniyatlari yetarli, bu xohlagan kuzatuvchiga dronni identifikatsiya qilish va zarur holatda uning raqamini huquq-tartibot organlariga taqdim etish imkonini beradi.

Shu tariqa, boshqaruvchisiz harakat vositasining ajoyib kodi uning yordamida doim dronning aniq rusumi va identifikatsiyasi hamda egasini aniqlash mumkin bo‘lgan avtomobilning qayd etish belgisi muqobiliga aylanadi. Yechim allaqachon muvaffaqiyat bilan sinovdan o‘tdi: smartfon uchun ilova 25 metr masofada yaqinlashayotgan dronning aniq qayd etish raqamini taniy oladi.

Manba: www.fordsollers.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq