«Aqlli» shaharlar har yili aholining 125 soat vaqtini «qaytarib berishi» mumkin
29.03.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Intel korporatsiyasi qo‘llab-quvvatlagan Juniper Research mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar ko‘rsatishicha «aqlli» shaharlar o‘z aholisiga har yili besh kunlik vaqtni «qaytarib berishi» mumkin.

Smart-shaharlar konsepsiyasida tarmoqqa ulangan datchiklar, hisoblagich(schyotchik) va svetoforlar kabi Internet vositalar (IoT) texnologiyasidan foydalanish ko‘zda tutiladi. To‘plangan ma’lumotlar shahar infrastrukturasi va jamoat servislarini yaxshilash maqsadida tahlil qilinadi. Bundan tashqari, konsepsiya mustaqil boshqariluvchi transport va raydshering servislaridan foydalanilishini ko‘zda tutadi. Tadqiqot ko‘rsatishicha, intellektual transport tizimlaridan foydalanish, yo‘l harakati xavfsizligining oshirilishi, shuningdek, yo‘l kira to‘lovining qulayligi va arzonligi haydovchilarga yiliga yo‘lllardagi tirbandlik sababli yo‘qotiladigan 60 soatgacha vaqtni tejab «qaytarib berish» imkonini beradi.

Jamoat xavfsizligini yaxshilash sohasida taqdidotlarga muvofiq, shuningdek, «aqlli» shahar aholisi uchun vaqtni: taxminan yiliga 35 soat tejash ta’minlanadi. Nihoyat servislar va biznes-jarayonlarining yaxshilanishi evaziga smart-megapolislar aholisi yana taxminan 20 soat tejashlari mumkin bo‘ladi. Shu tariqa, yillik tejalgan soatlar hajmi 125 soatni tashkil etadi. «Shaharlar iqtisodiyotning dvigateli bo‘lib hisoblanadi va biz ularni yanada qulay hamda dinamiklashtira olamiz. Shaharsozlik, hukumat amaldorlari, xususiy kompaniyalar, OEM-ishlab chiqaruvchilari, dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilar va startaplar sohasidagi hamkorliklar natijasida aqlli shaharlarning yaxlit ekotizimlari yaratiladi, ular aholiga qulaylik berib, uglerodli izlarimizni kamaytirishga imkon yaratadi», — deydi Intel mutaxassislari.

Manba: www.intel.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq