Uber avtomashinalarni yorqin yoritgichlar va tovushlar yordamida «muloqot qilish»ga o‘rgatadi
28.03.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Uzoq yillar mobaynidagi faoliyatida haydovchilar o‘zaro va piyodalar bilan muloqot qilish odatlariga egalar. Yo‘l tomon yo‘nala turib, kichik ishora harakatlar bilan masalan, bosh silkitib, ko‘zlari orqali odamlar savoliga javob berib, nima qilish va qayerga borishni tushuntiradilar.

Biroq mustaqil boshqarish vositalari o‘zining tezligini oshirishi va boshqa odatiy harakatlari haqida boshqalarga xabar berishi mumkinmi? Bu savolga Uber kompaniyasi javob berishga urindi. Kompaniya avtotransportga yorqin belgilarni qo‘llashni taklif qilib, piyodalarga avtomashinaning qayerga burilib ketishi to‘g‘risida ma’lumot beruvchi texnologiyasiga patent olish uchun ariza topshirdi. Unga asosan avtotransport orqa oynalarida lipillovchi ishora belgilari paydo bo‘ladi, proyektor avtomobil oldidagi virtual piyoda yo‘lini chizadi va odamlarga to‘g‘ri yo‘nalishni ko‘rsatuvchi «virtual haydovchi» paydo bo‘ladi.

«Haqiqiy hayotda, odatda, haydovchilar: «Hey, endi tezlikni kamaytirmoqchiman» deb baqira olmaydilar, — deydi avtonom avtomobillar bilan shug‘ullanuvchi Uber ilg‘or texnologiyalar guruhi dizayneri, Shon Chin (Sean Chin). — «Odatda, axborotni boshini qimirlatib, ko‘z ishorasi bilangina yoki transport chiroqlarini lipillatib ma’lum qilinishi mumkin. Texnologiya hali yakuniy holda to‘liq ishlangani yo‘q, biroq biz odamlarga ma’lumot berish uchun yangi tilni yaratmoqchimiz». Chin hali tasdiqlanmagan patentni oxirgi mahsulot sifatida emas, balki ko‘proq g‘oyalar sifatida qabul qilish kerakligi haqida ogohlantirdi. Misol uchun, guruh mustaqil boshqariluvchi mashinalar o‘z maqsadlarini tovush yordamida qanday qilib, ma’lum qilishi mumkinligini sinab ko‘rdi.

Ishlab chiquvchilarning maqsadi – piyodalarning o‘zlari vaziyatga qarab, qaror qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lishlarini ta’minlashdan iborat. «Biz operatorlar mashinaning harakatlariga va rejalariga qat’iy ishonamiz, – qo‘shimcha qildi Chin. – Piyodalarga mashinalarning xatti-harakatlarini mustaqil ravishda sharhlash imkoniyatini berishimiz kerak».

Manba: www.theverge.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq