Serra-Leonda dunyoda birinchi marta blokcheyn texnologiyasidan foydalanib, prezidentlik saylovi o‘tkazildi
28.03.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Serra-Leonda, dunyoda ilk bor prezidentlik saylovlarida blokcheyn texnologiyasidan foydalanildi.
Shvetsariyaning Agora kompaniyasi tomonidan blokcheynga asoslangan maxsus platforma yaratildi va ushbu jarayonining amalga oshirilishini boshqarib turdi. Ushbu yondashuv nafaqat Serra Leonda, balki butun dunyoda yangi bo‘lganligi sababli mazkur imkoniyat faqat poytaxtni o‘z ichiga olgan yirik tumanlardan birining saylovchilariga taqdim etildi. Ovoz berish, an’anadagidek, qog‘oz saylov bulletenlaridan foydalangan holda o‘tkazildi, biroq ularning har biri Agora platformasida ro‘yxatga olindi. Natijada, real vaqt rejimida ovozlarni hisoblab chiqishga erishildi. Bundan tashqari, blokcheyn tamoyilini hisobga olib, ma’lumotlar markazlashgan holda saqlanmaydi, shu sababli qandaydir qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday yechimlar istiqboli saylov jarayonlarida tejamkorlikka olib keladi, ya’ni ovoz odamlar tomonidan hisoblanmaydi.
Manba: www.techcrunch.com