Panasonic kelajak restoranlari uchun AR-ko‘zoynagida sun’iy intellekt va IoT (internet vositalar)dan foydalanadi
28.03.2018
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

AR-ko‘zoynagi sun’iy intellekt va Internet vositalar imkoniyatiga ega bo‘lib, kelajak restoranlarida keng foydalanilishi mumkin – bunday jiddiy e’lon yaponiya korporatsiyasi Panasonic va uning g‘oyalar inkubatori Game Changer Catapult tomonidan ma’lum qilindi. Hatto AQSHdagi SXSW 2018 ko‘rgazmasida texnologiyalar asosidagi Kronosys yechim prototipini taqdim etildi.

Zamonaviy umumiy ovqatlanish tiziminig asosiy muammosi nimada? Xodimlar qo‘nimsizligi masalasining yuqori darajada o‘zgaruvchanligidadir. Ko‘plab boshlovchi oshpazlar yangi jamoaga, qat’iy ish rejimi, kechki ish vaqtlari, qo‘llab-quvvatlashning mavjud emasligi sababli moslasha olmaydilar. Panasonic oshpaz xodimlar uchun zarur bo‘lgan, bosh oshpaz va rahbariyatning vaqti ham yetmaydigan, imkoniyati ham bo‘lmaydigan yangi treninglarni taqdim etadi. Panasonic va Game Changer Catapult qo‘shimcha reallik texnologiyasi (AR-ko‘zoynak)dan foydalanish, ovozni tanish tizimi, bulutli texnologiyalar (axborotlarni saqlash va qayta ishlash uchun), shuningdek, sun’iy intellekt, masofadan yosh xodimlarni qo‘llab-quvvatlash texnologiyalari imkonini taqdim etdi. Yechimni IoT-muvofiq maishiy texnika, yuzni tanish texnologiyasiga ega kameralar, POS-terminallar va mahsulot yetkazib berilishining boshqaruv tizimi bilan kelajakning haqiqiy aqlli restoranini yaratish mumkin.

Kronosysdan foydalanish jarayoni oddiy. Foydalanuvchi ko‘zoynakni taqib, darhol asosiy interfeysga tushadi, undan ovozli buyruqlar bilan matnli va videokontentga ulanish mumkin. Bu yerda oshxonada mavjud mahsulotlar va ovqat tayyorlash masalliqlari haqida bilib olish mumkin. AR-ko‘zoynaklarining shakli oshpaz qo‘lini yengillatadi. Masofadan audio va video almashish imkoniyati murabbiyga bir vaqtda turli restoranlardagi ko‘plab yosh xodimlarni qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi. Bundan tashqari, ko‘zoynaklar yordamida bosh ofis bilan bog‘lanish mumkin. Nutqni ko‘plab tillarda tanish funksiyasi evaziga AR-ko‘zoynak turli madaniyat va kasbiy tayyorgarlik darajasidagi odamlarga mos kelaveradi hamda ularning «ilg‘or pazandachilik darajasi»ga tezda chiqishlariga yordam beradi.

Har bir ko‘zoynak egasining ma’lumotlari bulut texnologiyasidan uzatilishi mumkin. Data-loglar funksiyasi korxonaning umumiy samaradorligini oshirib, odamlar xatti-harakatini yaxshi tushunish va boshqarishga imkon beradi.

Manba: www.panasonic.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq