O’zbek-Yapon Markazi vakillari bilan uchrashuv
28.03.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2018 yil 27 mart kuni “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida O’zbek-Yapon markazi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o’tdi.

Uchrashuv davomida “Elektron hukumat” markazi va O’zbek-Yapon markazi o’rtasidagi hamkorlik orqali O’zbekistonda kichik va o’rta biznesni qo’llab-quvvatlash yo’llari va imkoniyatlari ko’rib chiqildi.

Shuningdek, tashrif doirasida “Elektron hukumat” markazi xodimlarining malakasini oshirish bo’yicha o’quv seminarlari o’tkazish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar har ikki taraf uchun foydali masalalarni kelishib olishdi va kelajakda hamkorlikni davom ettirishga tayyorliklarini bildirib o’tishdi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq