Virtual va qo‘shimcha reallik garnituralari bozori besh yilda deyarli yetti marta o‘sadi
27.03.2018
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
IDC analitiklari prognoziga ko‘ra, virtual va qo‘shimcha reallik garnituralari yetkazib berish bo‘yicha jahon bozori besh yilda deyarli yetti marta o‘sadi, yiliga 52,5% o‘sib, 2022-yilda 68,9 mln. donagacha ko‘payadi. O‘tgan yil bozor sust bo‘lishiga qaramay, analitiklar bu yil jiddiy o‘sish ko‘rsatkichlarini kutmoqdalar. Aniq qilib aytganda, 48,5% o‘sib, 12,4 mln. donaga yetishi kutilmoqda.
Shuningdek, bunga, yangi mahsulotlar : Oculus Go, HTC Vive Pro, Lenovo Mirage Solo va boshqalar sabab bo‘ladi. Shuningdek, bu yil taqdim etiladigan Magic Leap garniturasini ham unutmaslik zarur.
Agar prognoz yanada batafsil o‘rganilsa, bozorning turli segmentlari turlicha rivojlanadi. Masalan, agar hozirgi vaqtda AR garniturasi xususiy ekranisiz 6,7 foizni tashkil etayotgan bo‘lsa , shunday VR garniturasi — 34,9 foizni tashkil etib, 2022-yilda ko‘rsatkichlar 1,1 foizdan 8,8 foizgacha tushib ketadi. Shuningdek, SHKga ulanadigan VR garniturasining ulushi 43,3 foizdan 23,3 foizgacha tushib ketadi. Qolgan segmentlar o‘sishda davom etadi.
Masalan, AR garniturasi bozorning hozirgi 1% orniga 17,9 foizini egallaydi. AR va VR avtonom garnituralar muvofiq ravishda, hozirgi 2,4% va 11,7% o‘rniga 19,1% va 29,8 foizni tashkil etadi.
Manba: www.idc.com