IBM 1 x 1 mm gabaritli mikrosxema ko‘rinishida nano-kompyuter yaratdi
27.03.2018
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

IBM Kompaniyasi jahonda eng kichkina kompyuter yaratdi. Hozircha nomsiz shaxsiy kompyuter(SHK) bor-yo‘g‘i 1 x 1 mm gabaritga ega. Kompaniya uni tuz zarrasiga qiyosladi.

Mazkur to‘laqonli SHK tarkibiga protsessor, SRAM xotira, kommunikatsiya moduli hamda quvvat tizimi kiradi. IBM aniq ko‘rsatkichlarni ma’lum qilmagan, faqat mazkur nano-kompyuter ish mahsuldorligiga egaligi, o‘tgan asr 90-yillaridagi x86-protsessorlariga nisbat berilganligini ma’lum qilgan. Aynan qaysi biri ekanligi aniqlashtirilmagan, aslida, u davrlarda birinchi va ikkinchi avlod CPUPentiumlari taqdim etilgandi. Shuningdek, IBM mikrosxema bir necha yuz minglab tranzistordan tashkil etilganligini ma’lum qilgan. Bunday SHK ishlab chiqarilishi atigi 0,1 dollarga baholandi. Bundan tashqari, bu shunchaki konsept emas, kompaniya bunday yechimlar besh yil mobaynida har yerda joriy etilishini ta’kidlamoqda. SHK vazifalari turi juda ham keng: bu tovar mahsulotlarini yuklashni nazorat qilish, o‘g‘irliklar, qoida buzilishlarni aniqlash, sun’iy intellekt ma’lumotlar bazasi va boshqa ma’lumotlarni jamlab, saralash va boshqalar bo‘lishi mumkin.

Manba: www.mashable.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq