Huawei telekommunikatsiya uskunalarini ishlab chiqishda Ericssondan o‘zib, jahonning yirik ishlab chiqaruvchisiga aylandi
27.03.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
IHS Markit analitiklari ma’lumotlariga qaraganda, o‘tgan yil yakunida, mobil infrastrukturasi bozorida Huawei kompaniyasi birinchi marta Ericssondan o‘zib ketdi va jahonda yirik telekommunikatsiya uskunalari ishlab chiqaruvchisiga aylandi.
Aniqroq qilib aytganda, xitoy ishlab chiqarish giganti bozorning 28 foizini, shved ishlab chiqaruvchisi esa — 27 foizini egalladi. Ular ortidan Nokia bozorning 23 foizini egallamoqda. Qolganlar ancha ortda qolmoqda. Masalan, to‘rtinchi o‘rinda ZTE 13%, beshinchi o‘rinda — Samsung, u faqat 3 foizini egalladi xolos.
Bozorning o‘zi 14 foizga, mablag ko‘rinishida esa 37,2 mlrd. dollargacha qisqardi, sababi bozor rivoji allaqachon 4G tarmog‘iga o‘tib, beshinchi avlod tarmoqlari joriy etilishi esa endigina boshlanmoqda.
Manba: www.technology.ihs.com