HP kichik form-faktorda yangi lazer printerlari taqdim etildi
27.03.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

HP kompaniyasi bugungi kunda o‘z klassida eng ixcham LaserJet Pro M15 va M28 seriyali yangi lazer printerlarini taqdim etishini ma’lum qildi.

Monoxrom yechimli qurilma eng avvalo kichik biznes sohasida qo‘llanishga mo‘ljallangan. Ular bir daqiqada 18–19 sahifa bosib chiqarish tezligiga ega. Bu oilaga, xususan, LaserJet Pro M15w modeli kiradi. Uning gabariti 345,4 × 193,0 × 160,0 mm.ni tashkil etadi. Boshqacha aytganda, dasturchilar fikriga ko‘ra, yangilik zamonaviy fabletalarga muvofiq keladi.

Bundan tashqari, ixcham LaserJet Pro MFP M28w modellari ham taqdim etilgan. Mazkur qurilma lazerli printer, skaner va nusxa ko‘chiruvchi apparat funksiyasini bajaradi. Qurilma simsiz aloqa Wi-Fi 802.11b/g/nni qo‘llab-quvvatlaydi, bu uni smartfon yoki planshetga ulanib ishlashini ta’minlaydi. Printerlar 150 varaq qog‘ozni joylash moslamasiga ega. Boshqa texnik ko‘rsatkichlari sotuvga chiqarish oldidan ma’lum qilinadi.

Manba: www.hp.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq