Chang‘ichi robotlar Koreyada o‘tgan 2018-yil Olimpiadasida ishtirok etdilar
27.03.2018
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Janubiy Koreya Pxyonchan shahridagi qishki Olimpiyada o‘yinlari yakunlandi, unda tomoshabinlar uchun eng qiziqarli voqea Koreya robototexnikani rivojlantirish instituti tashkilotchilik qilgan Ski Robot Challenge robotlar musobaqasi bo‘ldi.

Avvalo ishtirokchilar amal qilishi shart bo‘lgan qoidalar ustida to‘xtalamiz:

— Har bir robot insonga o‘xshash tashqi qiyofaga ega, tirsak va tizzalarining amal qilishida kamida 15 darajada mustaqil bo‘lishlari shart;
— Har bir robot kamida 50 sm.dan past bo‘lmagan (tovonidan yelkasiga qadar) bo‘y-bastga ega bo‘lishi shart;
— Robotlar haqiqiy chang‘ida ham, yog‘och chang‘ida ham sirg‘ala olishlari shart. Robot harakatlanganida tovoni yerga tegib turishi shart;
— Chang‘i uchish yo‘lining uzunligi 80 m va kengligi 20 m bo‘lib, qizil va moviy to‘siqlardan aylanib o‘tib, buyruqni bajarish uchun 3 daqiqa ajratilishi shart;
— Har bir robot bosib o‘tilgan yo‘l uchun bir balga erishadi. Vaqtdan yutib, xatosiz harakatlangan robot g‘olib deb topiladi.

Ta’kidlash zarurki, barcha robotlar to‘liq avtonom edilar, masofadan boshqariladigan robotlar uchun qo‘shimcha tanlov ham o‘tkazildi.

Inchxonda ishlab chiqilgan Minirobot Taekwon V roboti avtonom toifada g‘olib bo‘ldi. Taekwon V 18 soniyada besh marotaba yo‘l bosib o‘tdi, ikkinchi o‘rinni Koreya robotlar va konvergensiyalar instituti (KIRO) SKIRO roboti egalladi, u – 22 soniya sarfladi. SKIRO masofadan boshqaruv tanlovida birinchi o‘rinni egallab, 15,31 soniyada yetib keldi. Musobaqa robotlar uchun nafaqat murakkabligi, balki yer sirg‘anchiqligi uchun ham qiyinchilik tug‘dirdi. Asosiy qiyinchilik yerdagi qorning juda ham yorqinligida edi, bu ko‘rish tizimi uchun ham murakkab hol bo‘ldi. Shuningdek, shamol esib turganligi bilan ob-havo ham muammolar darajasini oshirdi. Umuman olganda, tomoshabinlar uchun robotlarning Olimpiyada o‘yinlaridagi ishtiroklarini kuzatishning o‘zi katta quvonch bag‘ishlagandi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq