Telegraf yana ishlay boshladi
26.03.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo’yicha davlat inspeksiyasi Qoraqalpog’iston Respublikasi hududiy bo’linmasi tomonidan olib borilgan nazorat ishlari natijasida “O’zbektelekom” AK Qoraqalpog’iston Respublikasi filialining Muynoq va Nukus tuman telekommunikatsiya tarmoqlaridagi telegraf qurilmalari nosoz holatida e’kanligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan Inspekciyaning Qoraqalpog’iston Respublikasi hududiy bo’linmasi tomonidan 2018 yil 7 mart kuni “O’zbektelekom” AK Qoraqalpog’iston Respublikasi filialiga nosozliklarni bartaraf e’tish to’g’risida ko’rsatma taqdim e’tilib, telegraf qurilmalarining ishchi holatida bo’lishini ta’minlash so’raldi va bajarilishi hududiy bo’linma tomonidan nazoratga olindi.

Qayd e’tilgan nosozlik ko’rsatmada belgilangan muddatda bartaraf e’tilishi ta’minlandi.

Ma’lumot o’rnida: O’zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiya to’g’risida”gi qonunda telegramamalar jo’natish va qabul qilish universal xizmatlar tarkibiga kirishi va umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlari orqali barcha foydalanuvchilarga belgilangan sifatdagi ko’rsatiladigan majburiy xizmat e’kanligi belgilab qo’yilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq