Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimlarini takomillashtirishda Siz ham ishtirok eting!
26.03.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 noyabrdagi «Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi yuzasidan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Siz quyidagi manzildagi maxsus so‘rovda ishtirok etib, Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha o‘zingizning taklif va fikr-mulohazalaringizni qoldirishingiz mumkin.

So‘rovda ishtirok etish!

2018 yilning 15 apreliga qadar davom etadigan so‘rov natijalari, xususan fuqarolarning takliflaridan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimlari faoliyatini takomillashtirishda foydalaniladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq