“Openbucks” asoschisi Mark Rochman O‘zbekiston IT-sohasi manfaatlarini jahon hamjamiyatiga taqdim qilish niyatida
26.03.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Mazkur masala bo‘yicha kelishuvga Amerika biznesmeni hamda elektron tijorat sohasidagi ekspertning O‘zbekistonga amalga oshirgan to‘qqiz kunlik tashrifi davomida erishildi. Tashrif yakuniga ko‘ra Innovatsiya markazi direksiyasining qarori bilan Mark Rochmanga Kremniy vodiysi va jahon IT-hamjamiyatida maxsus sertifikat bilan tasdiqlangan “MUIC elchisi” degan maqom berildi.

Xorijiy mutaxassisning respublikaga tashrifi dasturi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Elektron hukumat tizimini rivojlantirish markazi, UZINFOCOM Yagona integratorida qator rasmiy hamda mahalliy kompaniya va “MUIC” rezidentlari bilan esa norasmiy uchrashuvlarni o‘z ichiga oldi. U IT-sohani rivojlantirish uchun mamlakatda mavjud imkoniyatlardan qanday foydalanish lozimligi haqida o‘z shaxsiy tajribasi va kuzatuvlari bilan o‘rtoqlashdi.

Taklif etilgan mehmon Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti va uning Samarqanddagi filialida ma’ruzalar o‘qidi. Bu bilan AQSh IT-kompaniyalarining ekspertlari tomonidan O‘zbekistondagi talabalar va ishlab chiquvchilar uchun ochiq onlayn ma’ruzalarni ifoda etuvchi “Silicon Valley Talks” tashabbusi davom ettirildi.

Hozirgi sharoit bilan tanishib chiqqan janob Rochman “Openbucks”ning O‘zbekiston bozoriga kirishi istiqbollarini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Mutaxassisning UzMobile vakillari bilan qiziqarli muloqoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu muloqotning amaliy hamkorlik shaklida davom ettirilishi ehtimoli bor.

Mark Rochman, “MUIC”ning Kremniy vodiysidagi va jahon IT-hamjamiyatining elchisi sifatida “MUIC” rezidentlarini AQShda qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi. Tez orada Rochman kompaniyasining Kaliforniyadagi ofisida “Uzbekistan Work Space” paydo bo‘ladi va rezidentlar Kremniy vodiysiga amalga oshirgan ishbilarmonlik tashriflarida u yerda to‘xtashlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, tadbirkor “Openbucks”ning sherik va mijozlari hisoblanuvchi xorijiy kompaniyalarni O‘zbekistonga jalb qilishni rejalashtirmoqda va respublikamizning PayPal, App Store, Play Market, Google Pay kabi ruxsati bor to‘lov tizimlari va xalqaro savdo maydonlari ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha amaliy yordam beradi.

“Mirzo Ulugbek Innovation Center” Innovatsiya markazi mamlakat IT-sohasini jahon miqyosida ilgari surish maqsadida taniqli xorijiy mutaxassislarni jalb qilishni davom ettiradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq