Yosh olimlar va startapchilar “Falling Walls Conference” konferensiyasida ishtirok etishlari mumkin
24.03.2018
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

Talabalar, yosh olimlar, mutaxassislar va startapchilar Berlin (Germaniya)dagi “Falling Walls Conference” konferensiyasida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

“Falling Walls Lab” — Germaniyada Berlin devori qulashining 20 yilligiga bag‘ishlab yaratilgan loyihadir. Bu yangi tashkil etilgan yillik fanlararo konferensiya bo‘lib, unda yosh daholar o‘z innovatsion g‘oyalarini ilmiy, ijtimoiy, sanoat yoki biznes sohasida taqdim etishlari mumkin bo‘ladi.

“Falling Walls Lab” yosh olimlar, mutaxassislar va tadbirkorlarga jahon hamjamiyatiga inson faoliyatining deyarli barcha sohalarida uchraydigan turli xil muammo va qiyinchiliklar yechimi bo‘yicha o‘z g‘oyalari, ilmiy-tadqiqot loyihalari va ijtimoiy tashabbuslari, ilg‘or usullarini taklif qilish imkonini beradi. Bu sizning g‘oyalaringiz eshitilishi va rivojlanishiga turtki berilishiga imkoniyatdir. Berlinda o‘tadigan konferensiyaning final bosqichida, yirik siyosatchilar, tadbirkorlar, iqtisodchilar, olimlar, jurnalistlar, faollar, media shaxslar hakamlar hay’atini tashkil etadilar.

“Falling Walls Lab” loyihasi O‘zbekistonda ikkinchi marotaba o‘tkazilmoqda. Tadbir Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan tashkil etilmoqda.

2018-yil 23-aprelgacha yosh olimlar, ixtirochilar va startapchilar o‘z loyihalarini taqdim etishlari va ishtirok etishlari mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish onlayn rejimida: http://falling-walls.com/lab/apply saytida amalga oshiriladi. Shuningdek, mehmonlar va ishtirokchilar elektron pochta orqali ham ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin: lektorintaschkent@gmail.com.

25-may kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “Falling Walls Lab Tashkent”ning yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tadi. Ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilar o‘z loyihalarini 3 daqiqa ichida taqdim etishlari kerak.

Berlinda o‘tadigan “Falling Walls Conference” konferensiyada qatnashish huquqini qo‘lga kirituvchi g‘olibni “Falling Walls Lab Tashkent”ning hakamlar hay’ati tomonidan tanlab beriladi. 2018-yilning 8-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan konferensiyada jahonning turli burchaklaridan 100 nafardan ortiq kashfiyotchilar kelib, ishtirok etadilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq