Chet tillarni bilish darajasini baholashning Milliy test tizimi yaratildi
24.03.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi mutaxassisi «Chet tillarni bilish darajasini baholashning Milliy test tizimi» dasturini ishlab chiqdi.

Tizimni ishlab chiqishdan maqsad — xorijiy tilni bilish bo’yicha o’zining bilim va malaka darajasini aniqlash istovchilar uchun qulayliklar yaratish: foydalanuvchidan hech qanday qo’shimcha dasturlarni o’rnatish talab etilmaydi; bir vaqtning o’zida bir nechta kishi xorijiy tilni bilishi va bilim darajasini aniqlash bo’yicha test sinovida qatnashishi mumkin. Tizimning vazifasi xalqaro e’tirof etilgan standartlarga muvofiq xorijiy tillarni bilish va bilim darajasini baholashning Milliy test tizimini ishlab chiqish va joriy etish, tadqiqotchi-izlanuvchilarni, shu jumladan, masofadan turib internet orqali testdan o’tkazishni tashkil etish, ularning xorijiy tilni bilishi va bilim darajalarini aniqlashga qarab davlat namunasidagi tegishli malaka sertifikatini berishdan iborat.

Dastur muallifi Nizomiddin Ochilovga DGU 04964 raqamli guvohnoma berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq