«RWС» xizmat sifatini yaxshilaydi
23.03.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Namangan viloyati Namangan tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro M.Q. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining 1144 ishonch telefoniga «RWC» MCHJ (Perfectum Mobile) tomonidan ko‘rsatilayotgan mobil aloqasi xizmati sifati yomonligi va internet tezligi pastligi yuzasidan murojaat qildi.

Murojaatdagi masalalar Inspeksiyaning Namangan viloyati hududiy bo‘linmasi, Namangan viloyati EMMМ va «RWС» МCHJ ХК xodimlari hamkorligida o‘rganib chiqildi.

Natijada, haqiqatdan ham murojaatda ko‘rsatib o‘tilgan hududda “Perfectum Mobile” mobil aloqa operetorining aloqa signallari qamrovi yaxshi emasligi aniqlandi va operator tomonidan mazkur hududga joriy yilda tayanch stansiyasi o‘rnatilishi rejalashtirildi.

Kelgusida yuqorida keltirilgan masala bo‘yicha murojaatlarni kelib chiqishini oldini olish maqsadida Inspeksiyaning Namangan viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan “RWС” MCHJga ko‘rsatma taqdim etildi va ijrosi nazoratga olindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq